hero

Fabrikalar

factory picture

Xo‘jaobod Markaziy Tikuv Fabrikasi

SAMO Tekstilning markaziy ishlab chiqarish markazi bo‘lgan ushbu fabrika, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida joylashgan. Strategik joylashuvi bilan barcha ichki va xalqaro operatsiyalar uchun asosiy markaz sifatida faoliyat yuritadi.

Umumiy hisobda 30 ta zamonaviy tikuv liniyasi mavjud bo‘lib, ular yuqori samaradorlik va aniqlikda ishlaydi.

Fabrikamizda erkak, ayol va bolalar kiyimlarining turli modellari ishlab chiqariladi.

Bosh ofis binosi ham aynan shu joyda joylashgan bo‘lib, bu logistikani va boshqaruvni markazlashtirish imkonini beradi.

Yuksak sifat standartlariga rioya qilgan holda ishlab chiqarish amalga oshiriladi va har bir mahsulot puxta sifat nazoratidan o‘tkaziladi.

Tashqi ko‘rinishi zamonaviy, ichki tuzilishi esa ishlab chiqarish samaradorligini maksimal darajada ta’minlaydigan tarzda loyihalashtirilgan.

factory picture

SAMO Mato To‘qish Fabrikasi — Ip-ipakdan Yaralgan Ilhom

2. Polymer Tikuv Fabrikasi – Xo‘jaobod

Xo‘jaobod tumanining boshqa hududida joylashgan Polymer fabrikamiz, asosan kichik va o‘rta hajmdagi tikuv buyurtmalarini bajarishga ixtisoslashgan.

Fabrika ichida 9 ta mustaqil tikuv liniyasi mavjud bo‘lib, har bir liniya malakali ishchilar bilan ta’minlangan.

Mahsulotlar asosan tayyor kiyim-kechak eksporti uchun ishlab chiqariladi.

Bu korxona kichik partiyali buyurtmalarga moslashuvchan yondashuv bilan tezkor va samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Tikuv jarayonlarida ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi, shuningdek sifat nazorati bo‘yicha qat’iy ichki standartlar mavjud.

factory picture

SAMO Jalalquduq Tikuv Fabrikasi

 Jalolquduq Tikuv Fabrikasi

Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida joylashgan ushbu fabrikamiz, mintaqadagi sanoat salohiyatining oshishiga xizmat qilmoqda.

Bu yerda 8 ta yuqori texnologiyali tikuv liniyasi faoliyat olib bormoqda.

Tikuv liniyalari har xil assortimentdagi kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarishga moslashtirilgan.

Fabrika orqali mintaqaviy aholi bandligi ta’minlanib, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shilmoqda.

Yiliga minglab birlik mahsulotlar eksport uchun tayyorlanadi, bu esa xalqaro ishonchli hamkorlarimizga muntazam yetkazib berishni kafolatlaydi.

factory picture

Xo‘jaobod To‘quv va To‘liq Ishlab Chiqarish Majmuasi


Bu — SAMO Tekstilning eng yirik va eng kompleks ishlab chiqarish obyekti bo‘lib, to‘qishdan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Majmua quyidagi bo‘limlardan iborat:

To‘quv sexi – Turli tolali ip-kalavadan sifatli trikotaj matolar ishlab chiqariladi.

Bo‘yoqxona – Ekologik toza bo‘yoqlar bilan yuqori aniqlikda mato rang berish ishlari amalga oshiriladi.

Kesimxona – Avtomatlashtirilgan kesish tizimi bilan aniq va tezkor tayyorlash jarayoni.

Tayyor mahsulot ombori – Exportga mo‘ljallangan mahsulotlar saqlanadi va logistika tizimi bilan uzviy bog‘langan.

Barcha bosqichlar bitta integratsiyalashgan majmuada joylashgan, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sifatni yagona nazorat ostida ushlab turishga imkon beradi.

factory picture

Xorazm Tikuv Fabrikasi


O‘zbekistonning g‘arbiy mintaqasida, Xorazm viloyatida joylashgan bu fabrikamiz, kompaniyamizning eng muhim strategik ishlab chiqarish nuqtalaridan biridir.

Bu hududdagi yagona ishlab chiqarish markazimiz bo‘lib, ichki va tashqi bozorlarga xizmat ko‘rsatadi.

Fabrikamiz zamonaviy tikuv mashinalari, ilg‘or texnologiyalar va tajribali mutaxassislar bilan jihozlangan.

Yillik ishlab chiqarish hajmi mintaqaviy ehtiyoj va eksport talablariga moslab tuzilgan.

Korxona faoliyati orqali Xorazm viloyatida yuzlab ish o‘rinlari yaratilgan.