Ko'rgazma tugadi — lekin qoldirgan taassurot va natijalar uzoq vaqt esda qoladi.
Uch kun davomida stendimiz mahalliy va xorijiy mehmonlar bilan liq to'la edi. Turli davlatlardan tashrif buyurgan mijozlar, potentsial hamkorlar va to'qimachilik sohasining taniqli vakillari SAMO Textile mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi.
Ko'rgazma mobaynida ko'plab muhim uchrashuvlar va muzokaralar bo'lib o'tdi. Yangi hamkorliklar o'rnatildi, kelajakdagi kelishuvlar uchun mustahkam zamin yaratildi. Turli davlatlardan kelgan mijozlarimiz bilan intervyular tashkil qilinib, ularning SAMO Textile haqidagi ijobiy fikrlari jamoamiz uchun katta ilhom manbai bo'ldi.
Stendimizga tashrif buyurgan barcha mehmonlar, hamkorlar va ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildiramiz! Keyingi uchrashuvlargacha!
Manzil: O'zekspomarkaz MKK / O'zbekiston, 4-Pavilyon | Stend L09
Sana: 13–15 may 2026-yil.