26 Xalqaro "To'qimachilik va Tikuvchilik Sanoati – TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026" Ko'rgazmasi

Samo Textile
26 Xalqaro "To'qimachilik va Tikuvchilik Sanoati – TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026" Ko'rgazmasi

Ko'rgazmaning ilk soatlaridanoq stendimiz haqiqiy hamkorlik markaziga aylandi. Stendimizga nafaqat mahalliy tadbirkorlar, balki bir qancha xorijiy davlatlardan kelgan hamkorlar tashrif buyurishdi.

Kun davomida o'nlab samarali uchrashuvlar o'tkazildi. Yangi mijozlar bilan uzoq muddatli shartnomalar bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mehmonlar mahsulotlarimizning mato sifati, dizayni va ishlab chiqarishdagi zamonaviy yondashuvlarimizga yuqori baho berishdi.

Biz nafaqat mahsulot sotamiz, balki o'zbek tekstilining sifat belgisini jahon bozoriga olib chiqamiz!

Agar siz ham sifatli trikotaj va innovatsion tekstil yechimlarini izlayotgan bo'lsangiz, mutaxassislarimiz sizga eksklyuziv takliflarni taqdim etishga tayyor.

Manzil: O'zekspomarkaz MKK / O'zbekiston, 4-Pavilyon | Stend L09

Sana: 13 - 15 may 2026-yil.