Muborak Qurbon Hayiti — mehr-oqibat, saxovat va ezgulik ayyomidir. Bizni doimo qo'llab-quvvatlab, biz bilan elkama-elka ishlayotgan aziz mijozlarimiz va hamkorlarimiz ushbu ulug' bayramda e'tiborimiz markazida bo'ldilar.
Samo Textile jamoasi barcha hamkorlarimizga oz bo'lsada xushnudlik ulashish maqsadida maxsus Hayit sovg'alarini hadiya qildi. Ularning ishonchi biz uchun eng katta mukofotdir.
Ushbu ulug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka, sihat-salomatlik va quvonch olib kelsin. Yaxshilik va hamjihatlik qalblarimizni yanada nurafshon etsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Samo Textile jamoasi