20-may kuni dunyoning yetakchi kiyim-kechak brendlaridan biri — LC Waikiki vakillari SAMO Textile fabrikasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar ishlab chiqarish sexlari, zamonaviy to'quv va tikilish jarayonlari hamda mahsulot sifat nazorat laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdilar. Fabrika infratuzilmasi, xodimlar salohiyati va ekologik standartlarga muvofiqlik masalalari batafsil muhokama qilindi.
SAMO Textile jamoasi mehmonlarni samimiy qabul qilib, kompaniyaning rivojlanish strategiyasi va eksport imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.
Bunday uchrashuvlar o'zaro hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro bozorlarga yanada chuqurroq kirib borish uchun muhim qadam hisoblanadi. SAMO Textile — sifat va ishonchlilik timsoli sifatida xalqaro e'tirofga sazovor bo'lmoqda.